Mourinyo: “Chempionlik biz uchun ustuvor vazifa, lekin men jamoada toʻgʻri mentalitetni shakllantirmoqchiman”

  • 21:48 / 15.09.2021
  • 69

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinyo Konferensiyalar Ligasi guruh bosqichi boshlanishidan oldin oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi. Bu haqda Soccernews xabar berdi

“Men hozir mavjud boʻlmagan yevrokuboklarni yutdim. Bu 1997-yilda “Barselona” bilan boʻlgan, keyin biz Kubok egalari kubogini yutganmiz, men jamoada yordamchi boʻlib ishlaganman.

Endi men Konferensiyalar ligasida gʻolib boʻlishni xohlayman, lekin bizning maqsadimiz faqat bu sovrinni qoʻlga kiritish emas, biz oʻzimiz ishtirok etadigan uchta turnirda — chempionlik, Kubok va Konferensiyalar ligasida gʻolib chiqishni xohlaymiz.

Albatta, chempionlik biz uchun ustuvor vazifa, lekin men jamoada toʻgʻri mentalitetni shakllantirmoqchiman. Har bir keyingi oʻyin muhim.

Mazkur musobaqada gʻolib boʻlishdagi birinchi qadam — guruhda gʻalaba qozonish.

Hech qanday taʼtil va dam olish yoʻq, hamma “CSKA” Sofiya bilan oʻyinda boʻladi”, — dedi Mourinyo.