Mo‘ynoqda katta tezlikda kelgan “UAZ” YPX inspektorini bosib ketdi

  • 15:43 / 26.03.2021
  • 77

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV YHXB YPX otryadi 3-chi safarbar guruhi inspektori, safdor Daniyar Qairboyev o‘z xizmat vazifasini bajarish paytida halok bo‘ldi.

2021-yil 21-mart kuni Mo‘ynoq tumani hududidagi 4R-173 avtomobil yo‘lining 91–93-kilometri oralig‘ida o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda UAZ-3303 rusumli avtotransport vositasini to‘xtatish uchun ishora qiladi. 

Ammo avtotransport vositasini mast holda boshqarib kelayotgan haydovchi mashinani inspektorning ustiga haydab yuborgan va inspektor olgan tan jarohatlari sabab shifoxonada vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.