Muammar Kaddafining oʻgʻli Liviya birligini tiklamoqchi ekanligini aytdi

  • 09:21 / 01.08.2021
  • 213

Liviyaning marhum yetakchisi Muammar Kaddafining oʻgʻli, 49 yoshli Saif al-Islom ilk marta “New York Times” gazetasiga intervyu berdi va uning kelgusidagi rejalari orasida Liviya birligini tiklash ham borligini oshkor qildi.

“U prezidentlikka oʻz nomzodini qoʻyish maqsadida ekanligini yashiryapti, ammo oʻz harakati mamlakatdagi yoʻqotilgan birlikni qayta tiklaydi deb hisoblamoqda”, deyiladi xabarda.

Saif al-Islomning aytishicha, u Liviyada oʻlimga hukm qilinganiga qaramay, ayni vaqtda “nochorlik va hukumatdagi tartibsizlik”dan charchagan xalq uni qoʻllab-quvvatlayapti.

Eslatib oʻtamiz, 2011-yili Liviyada Muammar Kaddafi oʻldirilgandan keyin turli guruhlar orasida qurolli toʻqnashuvlar boshlangan. Saif al-Islomga otasining oʻlimiga qadar uning vorisi sifatida qaralgan. Kaddafining oʻgʻli Tripoli, Vena hamda Londonda tahsil olgan.