Mudofaa vazirligi 30 mln. so‘mga ikki dona tilla qoplamali ruchka sotib olmoqchi

  • 14:46 / 10.06.2021
  • 245

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan davlat xaridlari portaliga premium-klassdagi 2 dona tilla qoplamali ruchka sotib olish taklifi joylashtirildi.
Vazirlik ushbu qimmatbaho ruchkalarning har biri uchun 15 million so‘mdan, jami 30 million so‘m taklif qilgan.

Avvalroq esa Surxondaryo viloyat hokimligi 2 (12) dona Skoda Kodiaq mashinasini sotib olayotgani va ularning har biri uchun 347 mln. so‘mdan to‘lovlar amalga oshirilgani aytilgan edi.