Muhammad Alining nabirasi professional ringga chiqishga qaror qildi

  • 07:58 / 22.06.2021
  • 202

Og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Muhammad Alining nabirasi Niko Ali Uolsh 14-avgust kuni professional ringga chiqadi.

Top Rank kompaniyasi Uolshning jangini Endryu Molonining Djoshua Frankoga qarshi jangining anderkartida tashkil qilib beradi. Ta’kidlash joizki, Top Rank rahbari Bob Arum promouter sifatida ilk marotaba 1966-yilda Muhammad Alining jangini tashkil qilib bergan. 

“Men aniq bilaman, bobom Bob Arumdan boshqa hech kim menga promouterlik qilishini xohlamagan. Sizlar Don King mening bobom va Mayk Tayson bilan qanday aloqada bo‘lganini ko‘rgansizlar, boksda ko‘p odamlarga ishonib bo‘lmaydi, Bob Arum esa nafaqat boksda, balki umuman biznesda obro‘li odam. Men har doim Top Rankning bir qismi bo‘lishni xohlardim. Bu men uchun katta sharaf”, – dedi Uolsh.