“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlaridan ozish borasidagi tavsiyalar

  • 17:21 / 08.06.2021
  • 135

Eng mashhur turk seriallaridan biri boʻlmish “Muhtasham yuz yil” yulduzlari sinalgan usullar yordamida sarvqomat boʻlish sirlari bilan boʻlishadi.

Meryem Uzerli

Xurram Sulton obrazi orqali tillarga tushgan aktrisa serialning ilk seriyalari toʻlachadan kelgan qiyofada koʻrinish bergan. Aktrisa oʻzi istagan qomatga ega boʻlish uchun parhez qilishni boshlagan. Ijodkor taomnomasining asosiy qismini qaynatilgan mol va tovuq goʻshti, salatlar, yasmiq, tabiiy yogurt va yongʻoqlar tashkil qilgan. Haftada bir marta holva yoki rohat-lukum yeyishdan bosh tortmagan. Biroq, qovurilgan taomlar, ermaklar va kolbasa mahsulotlaridan butunlay voz kechgan.

Vahida Perchin

Serialdagi betakror ijrosi bilan tomoshabinlar qalbidan oʻrin olgan Vahida Perchin vaqti-vaqti bilan ochlik yordamida organizmni tozalaydi. Aktrisa kunning birinchi yarmida yuqori kaloriyali taomlar tanovul qilsa, kechki taom vaqtida yengil salatlar bilan cheklanadi.

Hulya Avshar

Safiya Sulton obrazi ijrochisi Hulya Avshar haddan tashqari semirib ketmaslik uchun kuniga 2 mahal ovqatlanadi. Aktrisaning nonushtasi mevalar, tvorog, uy sharoitida pishirilgan shirinlik va tetiklashtiruvchi ichimliklardan iborat. Tushlik vaqtida esa qaynatilgan goʻsht, sabzavotlar va pyure-shoʻrva isteʼmol qiladi.