Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatriga direktor tayinlandi

  • 20:50 / 08.06.2021
  • 379

Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida Madaniyat vazirligi vakillari va teatr jamoasi ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Ushbu teatrga direktor etib O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’atkor Aleksandr Bekjonov tayinlanganligi rasman e’lon qilindi.

Eslatib o‘tamiz, unga qadar ushbu teatrni O‘zbekiston xalq artisti marhum Mirza Azizov boshqarib kelayotgan edi. 

Ma’lumot uchun, Mirza Azizov joriy yil 16-aprel kuni 58 yoshida vafot etdi.