Mutaxassis Kim Chen Inning vaznini keskin yo‘qotish sababi nima ekanligini aytdi

  • 16:11 / 10.06.2021
  • 328

Shimoliy Koreya prezidentining oxirgi marta jamoatchilik oldida chiqishidan keyin vaznning sezilarli darajada kamayishi uning sog‘lig‘i bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu haqda Moskvadagi Uzoq Sharq institutining Koreya tadqiqotlari markazi katta ilmiy xodimi Konstantin Asmolov aytib o‘tgan.

– U irsiy qandli diabetga chalingan, bu esa vazn ortishiga sabab bo‘ladi. Kim Chen Inning qandli diabet kasalligi juda og‘ir kechadi va u maxsus poyafzal kiyib yurishga majbur. Bunga gipertoniya va ishdagi stress qo‘shilgan, – dedi ekspert.

Avvalroq, Kim Chen Inning bir oy ichida birinchi omma oldida paydo bo‘lganligi tasvirlangan kadrlar tarqalgandi. Unda Shimoliy Koreya yetakchisining vazni sezilarli darajada kamaygani aks etgan.

Teglar