Mxitaryan Armaniston termasiga jalb qilinmaganidan ranjidi

  • 18:03 / 25.05.2021
  • 225

Italiyaning “Roma” futbol klubi yarimhimoyachisi Genrix Mxitaryan Xorvatiya hamda Shvetsiya termalari bilan o‘tkaziladigan o‘rtoqlik uchrashuvlarida Armaniston termasi qaydnomasiga kiritilmaganidan noroziligini bildirdi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi. 

“Bo‘lajak o‘yinlarga chaqirilmaganimni murabbiylardan eshitganimdan so‘ng, to‘g‘risi, hayron bo‘ldim. Murabbiylar keltirgan sabablar meni ishontira olmadi” – dedi u o‘zining Twitter’ida. 
Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli Mxitaryan WhoScored talqini bo‘yicha 7,3 ball bilan Italiya A Seriyasining ramziy termasidan o‘rin olgan edi.

Ma’lumot uchun, A Seriyaning ramziy termasi a’zolari “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu hamda “Napoli” yarimhimoyachisi Lorenso Insinye 7,6 ball to‘plagan.