Mxitaryan ketidan Xames ham o‘z termasiga chaqirilmadi

  • 14:54 / 29.05.2021
  • 233

Everton yarimhimoyachisi Xames Rodriges Amerika Kubogi uchun Kolumbiya milliy jamoasiga chaqirilmagach, o‘z noroziligini bildirib o‘tdi.

“Juda ham xafa bo‘ldim. Doim Kolumbiya uchun jonimni berishga tayyor bo‘lganman”, dedi Xames.
Xames, tiklanishning so‘nggi bosqichidaligini hamda mashg‘ulotlarga qaytish uchun yetarlicha vaqt sarflaganini ta’kidlab o‘tdi. 

Bundan tashqari, Xames murabbiylar qaroridan xafa bo‘lganini, o‘z mamlakati bayrog‘ini himoya qilish u uchun katta ahamiyatga egaligini bildirdi. 

Eslatib o‘tamiz, Armaniston termasi o‘yinchisi Genrix Mxitaryan ham milliy terma jamoaga chaqirilmagani yuzasidan keskin munosabat bildirgan edi.