MYU oʻz yarimhimoyachisini APLning eng koʻp maosh oladigan futbolchisiga aylantirishi mumkin

  • 22:00 / 20.09.2021
  • 113

“Manchester Yunayted” yarimhimoyachi Pol Pogba bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda The Express xabar bergan.

Bundan tashqari, ingliz klubi 28 yoshli fransiyalik futbolchini APLning eng koʻp maosh oladigan futbolchisiga aylantirishga tayyor.

Qayd etilishicha, bu holatda fransuzning maoshi haftasiga 400 ming funtga koʻtariladi.

Eslatib oʻtish mumkin, yarimhimoyachining amaldagi shartnomasi 2022-yilning yozida yakuniga yetadi.

Maʼlumot oʻrnida, Pol Pogba joriy mavsumda Premyer-ligada 5 ta oʻyin oʻtkazdi va 7 ta golli uzatma amalga oshirdi.