Namangan davlat universitetiga qarashli talabalar yotoqxonasida yong‘in sodir bo‘ldi

  • 16:27 / 09.09.2021
  • 211

Namangan shahrida joylashgan Namangan davlat universiteti 2-talabalar turar joyi binosida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risidagi xabar shahar FVBga bugun, 9-sentyabr kuni soat 08:48 da kelib tushgan. 

Ma’lum qilinishicha, yong‘in natijasida talablar turar joyi 2-qavatidagi oshxonasi ichidagi 1 dona muzlatkich yonib zararlangan.Tezkor harakat natijasida Namangan shahar

Yong‘in Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan bartaraf etilgan.

Sodir bo‘lgan yong‘in natijasida jabrlangan va kuyish tan jarohati olganlar yo‘q.

Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergovga qadar surushtiruv ishlari olib borilmoqda.