Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumani tashkil etiladi

  • 12:04 / 19.04.2021
  • 67

Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumani tashkil etilmoqda. Bu haqda Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayevning ma’lum qilishicha, deputatlar mazkur mazmundagi qarorni qabul qilishgan. 

Qayd etilishicha, Yangi Namangan shahri 8 223 gektar yer maydonidan iborat bo‘ladi. 
Shuningdek, ayni vaqtda shahar tarkibida bo‘lgan qaysi ma’muriy hududlar Yangi Namangan tumani tarkibiga kiritilishi ham belgilab qo‘yilmoqda.

Unga ko‘ra, Namangan shahrining "Mingterak", "Bunyodkor"," Mustaqillikning 5 yilligi", "Axsikent"," Mashrab", "Ma’naviyat"," Furqat", "Guliston"," Beruniy", "Mingchinor"," Tinchlik", "Yoshlik", "Oromgoh", "Atangan guzar"," Yangi zamin", "Mehnatobod"," Sihatgoh", "Go‘zal"," Chamanzor", "Ishonch"," Sherbuloq", "Kelajak tongi",  "Sohil"," Istiqbol" mahalla fuqarolari yig‘ini Yangi Namangan tumani tarkibiga o‘tkaziladi. 

Qonunchilik palatasining ushbu qarori Senatga yuborilgan.