Namangan viloyati FVBga 3 nafar fuqaroning cho‘kib ketganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi

  • 07:11 / 13.07.2021
  • 153

2021-yil 11-iyul kuni soat 16:46 lar chamasida Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Navbatchilik qismining qisqa 1050 raqamiga Uychi tuman “O‘nxayat” mahalla fuqarolar yig‘ini Shodyona ko‘chasi 21-uyda yashovchi 1995-yilda tug‘ilgan R.R ismli hamda yana 2 nafar  fuqarolar Uychi tuman Qumtepa MFY xududidan oqib o‘tgan Norin daryosida cho‘kib ketganligi to‘g‘risida xabar  kelib tushgan.

Mazkur xabarga ko‘ra, voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar bo‘limining Qutqaruv otryadining suvda qidiruv-qutqaruv guruhi yordamga kelib, suvda qidiruv-qutqaruv ishlarini amalga oshirgan.

Ma’lumot uchun 2 nafar fuqaro mahalliy aholi tomonidan qutqarib olingan.

Tezkorlik bilan olib borilgan suvda qidiruv-qutqaruv ishlari davomida R.R ismli fuqaroning jasadi daryoning 2,5 metr chuqurligidan topilgan.