Namangan viloyatining Qirg‘iziston bilan chegara hududlarida kuchli sel kuzatildi

  • 15:36 / 13.07.2021
  • 185

Namangan viloyatining Qirg‘iziston bilan chegara hududlarida kuchli sel kuzatildi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videolavhalarda soyda oqib o‘tayotgan selda bir nafar fuqaroning oqib ketayotgani aks etadi.

Mahkur holat yuzasidan viloyat FVB rasmiy ma’lumot berdi.

“Joriy yilning 13-iyul kuni Namangan viloyati Kosonsoy tumanining qo‘shni davlat Qirg‘iziston respublikasi bilan chegaradosh xududida soat taxminan 13:30 larda qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ish natijasida Kosonsoy soyiga sel kelgan”, – deyiladi ma’lumotda. 
Hozirda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Ichki ishlar boshqarmasi, hokimiyat  vakillari hamda mahalliy fuqarolar bilan birga qidiruv-qutqaruv ishlari amalga oshirilmoqda.   

Hozircha ushbu tabiat hodisasi oqibatida jabrlanganlar haqida rasmiy ma’lumot berilmadi.                

Eslatib o‘tamiz, biroz avval Qirg‘izistonning Axsi tumani hududidu kuchli sel kuzatilgani va unda 6 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.