Namanganda 18 yoshli fuqaro dalada yurgan mol va qo‘ylarni o‘g‘irlab ketdi

  • 17:23 / 12.06.2021
  • 123

Joriy yil 6-iyun kuni Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1978-yilda tug‘ilgan ayol hududiy IIBga ariza bilan murojaat qilib, o‘g‘rilik jinoyati haqida xabar berib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Arizada keltirilishicha, noma’lum shaxs shu kunga o‘tar kechasi dala maydonidan uning umumiy narxi 7 mln. so‘mlik 4 bosh qo‘ylarini va narxi 4 mln. so‘mlik bir bosh molini o‘g‘irlab ketgan. 

Yangiqo‘rg‘on tuman IIB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 2003-yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.