Namanganda 60 yoshli ayol o‘g‘rilik ustida qo‘lga tushdi

  • 09:03 / 19.07.2021
  • 265

13-iyul kuni Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1960-yilda tug‘ilgan ayol IIBga ariza bilan murojaat qilgan.

Arizada aytilishicha, shu kuni Yangiqo‘rg‘on tumani Madaniyat mahallasida joylashgan “Zarkent dehqon bozori”da savdo qilib yurgan vaqtida noma’lum shaxs, qo‘lida bo‘lgan sumkasidan 130 ming so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Tuman IIB 5-sonli IIB HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi 1962-yilda tug‘ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan va daliliy ashyo olingan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021-yil 14-iyul kuni Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.