Namanganda 6ta aviatsiya bombasi topildi

  • 13:57 / 09.07.2021
  • 285

Namangan viloyati Davlatobod tumanidan 4 ta butun va 2 ta yarim yemirilgan bomba topildi. Ushbu holatga, Namangan viloyati IIB rasmiy munosabat bildirdi. 

Qayd etilishicha, 2021-yil 07-iyul kuni Namangan viloyati Davlatobod tumani “Yuksalish” mahalla fuqarolar yig‘ini Kushon sa’noat hududidan 4ta butun va 2ta yarimta yemirilgan “aviatsion” bombalar topilgan, ushbu bombalar artleriya snaryadi bo‘lib, yer ostida  korroziyaga uchrab yemirilgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, topilgan bombalarni zararsizlantirish maqsadida Pop tumani G‘urimsaroy 07648-xarbiy qism maxsus o‘q otish paligoniga olib borilib yo‘q qilish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, ushbu hududda kunlik navbatchilik tashkil etilib, FVB Qidiruv-qutqaruv otryadi, Ichki ishlar boshqarmasi, Mudofaa vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi IIV Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Namangan viloyati maxsus otryadlari jalb etilgan va hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.