Namanganda cho‘kayotgan qiz qutqarib qolindi

  • 17:07 / 16.06.2021
  • 225

Namangan viloyatida kanalda cho‘kib ketayotgan qiz FVV xodimlari tomonidan qutqarib qolindi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda

Aniqlanishicha, hodisa kecha, 15-iyun kuni soat 19:40larda viloyatning Chortoq shahri hududidan oqib o‘tuvchi “Katta Namangan kanali”da yuz bergan. 

Ta’kidlanishicha, mazkur hududda xizmat olib borayotgan tuman FVB yong‘in-qutqaruvchilari kanalda oqib ketayogan ayolni ko‘rib qolgan va zudlik bilan qutqaruv ishlarini amalga oshirganlar. 

Qayd etilishicha, fuqaro xushsiz holda qutqarib olinib, unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. O‘ziga keltirilgan qiz tuman tibbiyot birlashmasiga yuborilgan va ayni paytda uning ahvoli yaxshi.

Ma’lum bo‘lishichsa, hozirda mas’ullar tomonidan  cho‘kish sabablari o‘rganilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda cho‘kayotgan qizni qutqarmoqchi bo‘lgan erkakning o‘zi cho‘kib ketgani haqida xabar berilgan edi.