Namanganda chuqurlikka tushib ketgan avtomashina yo‘lovchisi vafot etdi

  • 18:45 / 20.09.2021
  • 117

Namangan viloyati IIBning xabariga ko‘ra, 16-sentabr kuni soat 15:00 larda To‘raqo‘rg‘on tumani Shoxidon MFY ichki yo‘lida 1998-yilda tug‘ilgan fuqaro Namangan shahridagi MChJga tegishli bo‘lgan Cobalt rusumli avtomashinani yo‘l varaqasi bilan boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lning chap tomoniga chiqib ketib, dala maydonidagi chuqurlikka tushib ketgan.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida Cobalt rusumli avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Shuningdek, Cobalt rusumli avtomashina haydovchisi bosh miya yopiq shikasti, o‘ng chakka va bel sohalari ezilishi hamda avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchilar, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 2007-yilda tug‘ilgan fuqaro bosh miya yopish shikasti, o‘ng chakka va bel sohalari ezilishi, Mingbuloq tumanida yashovchi, 2005-yilda tug‘ilgan fuqaro bosh miya yopish shikasti, chap qo‘l bilak suyagini ochiq sinishi,Namangan tumanida yashovchi, 2005-yilda tug‘ilgan fuqaro bosh miya yopiq shikasti, ko‘krak qafasi yopiq shikasti, peshona sohasi yumshoq to‘qimalarini lat yeyishi tashxisi bilan tan jarohati olishib, shifoxonaga yotqizilganlar.

Mazkur holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 16-sentabr kuni jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.