Namanganda ikkita Damas ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

  • 19:35 / 23.09.2021
  • 89

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan ikki damas bir-biri bilan to‘qnashgani aytilgan video yuzasidan IIV YHXBB ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 23-sentabr kuni soat 16:00 larda Namangan viloyati Norin tumani Xaqqulobod-Cho‘ja avtomobil yo‘lining 23-kilometrida, 1996-yilda tug‘ilgan haydovchi I.M. boshqaruvidagi Damas hamda 1957-yilda tug‘ilgan haydovchi O.T. boshqaruvidagi Damas rusumli avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.

Hodisa natijasida haydovchi I.M. shifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Norin tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.