Namanganda itni osib qo‘yib, videosini Tiktok‘ka joylaganlarga sud hukmi o‘qildi

  • 12:07 / 10.07.2021
  • 378

Joriy yilning 11-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Namanganda kuchuk qiynoqqa solinmoqda” nomi ostida videolavha tarqalgan va viloyat IIB tomonidan munosabat bildirilgan edi.

Ushbu xolatni videotasvirga olgan, Telegramm va Tik-tok‘a joylashtirgan, 2003-yilda tug‘ilgan, S.O. hamda 2003-yilda tug‘ilgan N.A. larga nisbatan MJtKning 189-1-moddasi 1-qismiga asosan hujjatlar sudga taqdim etilgan.

2021-yil 29-iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Chortoq tuman sudi tomonidan, mazkur fuqarolarga nisbatan tegishli moddalarga asosan ish hujjatlari ko‘rilib, ularga nisbatan 2 mln. 450 ming so‘mdan jarima jazosi tayinlandi.

Voyaga yetmaganlar, M.N. ning otasi O.N va 2009-yilda tug‘ilgan, O.R.ning otasi N.R.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi 1-qismiga asosan to‘plangan hujjatlar Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha tuman idoralararo komissiyasi tomonidan ularga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yaʼni 245 ming so‘m miqdorida jarima jazosi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yil 24-may kuni, Chortoq tumanida yashovchi, 6-sinf o‘quvchilari M.N. shu maktabning 5-sinf o‘quvchisi O.R. bilan birgalikda itni dalaga olib borib tashlab kelish maqsadida olib ketib, dala maydonidagi chinor daraxtiga osib, qiynagani maʼlum bo‘lgan edi.