Namanganda sel oqibatida katta yo‘ldagi ko‘prik zarar ko‘rgan

  • 11:02 / 21.07.2021
  • 131

So‘nggi yarim asrda bunday tabiat hodisasi kuzatilmagan, deya xabar bermoqda Namangan viloyati hokimligi.

Ta’kidlanishicha, buni o‘tgan asrning 70-yillarida qurilgan To‘raqo‘rg‘ondan Namangan shahriga  kiraverishdagi tashlama ko‘prigi seldan zarar ko‘rgani isbotlab turibdi.

Kosonsoy tumani tomondan sel toshqini kelishi natijasida ko‘prik ostini suv yuvib, zararlantirgan.

“Shu sababdan ushbu yo‘lda transport vositalarining harakati cheklandi”, – deyiladi hokimlik xabarida.

Ma’lumot o‘rnida, avvalroq Namangandagi selda 4 ta avtomobil oqib ketgani haqida xabar berilgandi.

Teglar