Namanganda suv talashgan fuqaro sherigini o‘ldirib qo‘ydi

  • 16:33 / 12.07.2021
  • 239

IIVning xabar berishicha, 6-iyul kuni soat 21:00larda Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi 1965-yilda tug‘ilgan N.O. MChJga qarashli mevali bog‘da shu yerda dehqonchilik bilan shug‘ullangan To‘raqo‘rg‘on tumanida yashagovchi 1958-yilda tug‘ilgan M.N. bilan suv talashib o‘zaro janjallashib, qo‘li bilan bosh qismiga uradi. Oqibatda M.N. yerga boshi bilan yiqilib, tan jarohati olgan. Keyin fuqaro N.O. M.N.ni To‘raqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasiga olib borgan.

M.N. olgan tan jarohati bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilib, ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, 10-iyul kuni vafot etgan.

Qayd etilishicha, sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, marhumning badanida tashqi tan jarohatlari mavjud emasligi, uning o‘limi bosh miya yopiq shikasti, bosh miya to‘qima ostiga qon quyilishidan kelib chiqqanligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat bo‘yicha Namangan shahar Davlatobd tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2021-yil 10-iyul kuni Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.