Namanganda “Tokio-2020”ga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan sportchilarga avtomobil sovg‘a qilindi

  • 09:31 / 21.06.2021
  • 308

Namanganda Tokio-2020 olimpiya va paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan, shuningdek, Jahon va Osiyo chempionatlarida munosib ishtirok etib, yuqori natijalarga erishgan namanganlik sportchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov olimpiadada ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bokschi Shahnoza Yunusova va o‘q otish sporti vakilasi Muxtasar Tohirovani yuksak natija bilan qutlab, “Nexia-3” avtomobili bilan taqdirladi.

Shuningdek, Osiyo va Jahon chempionatlarida yuqori natijalarni qayd etgan sportchilarga pul mukofotlari taqdim etildi.

Turizm va sport vaziri o‘rinbosari Avazbek Karimov Namangan viloyati rahbariga sport rivojiga qo‘shgan hissasi uchun “Sport a’lochisi” ko‘krak nishonini topshirdi.