Namanganda YTH oqibatida 12 yoshli qiz halok bo‘ldi

  • 14:09 / 27.06.2021
  • 266

Namangan viloyatida YTH oqibatida jarohat olgan 12 yoshli qiz shifoxonada vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, shu yilning 23-iyun kuni soat 20:10larda, Namangan-Toshbuloq-Shaxand yo‘lining 11 km.da, Namangan tumanida yashovchi, 1992-yilda tug‘ilgan fuqaro “Nexia” rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmagan. Oqibatda, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, ushbu tumanda ota-onasi qaramog‘ida yashagan, 2009-yilda tug‘ilgan qizni urib yuborgan.

Natijada, piyoda olgan tan jarohati tufayli shifoxonada vafot etgan. Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021-yil 23-iyun kuni JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida 8 yoshli bolani Damas haydovchisi urib yuborgani va u shifoxonada vafot etgani haqida xabar berilgan edi.