Naʼmatakning qanday foydali jihatlari bor?

  • 20:17 / 18.07.2021
  • 169

Turkiyalik parhezshunoslarning aytishlaricha, kuniga 2 finjon naʼmatak damlamasi va bir oshqoshiq naʼmatak murabbosi isteʼmoli oʻz salomatligi haqida qaygʻuradigan har bir insonning kundalik taomnomasidan oʻrin olishi shart. Uning qanday foydali jihatlari bor ekanligi haqida bilasizmi?

1. Naʼmatak tarkibidagi likopin, A, B, E, K vitaminlari, magniy, temir va boshqa foydali minerallar tufayli asab tizimini tinchlantiradi, hujayralarning qayta tiklanishiga yordam beradi.

2. Naʼmatak tarkibida saqlanuvchi pektin moddasi ichaklarning faol ishlashini ragʻbatlantiradi. Doimiy ravishda naʼmatak damlab ichish qabziyatning oldini oladi, ovqat hazm qilish tizimini yaxshilaydi.

3. Naʼmatak damlamasi yurak-qontomir kasalliklariga qarshi kurashadi, qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi.

4. Naʼmatak tarkibida kuchli antioksidantlar mavjud, u sogʻlom hujayralarning saraton hujayralariga aylanib ketishiga toʻsqinlik qiladi, saraton hujayralarining rivojlanishiga yoʻl qoʻymaydi.

5. A vitaminiga boy boʻlgan naʼmatak teri holatini yaxshilaydi, uni tarang ko‘rinishga keltiradi. Qarish jarayoniga qarshi kurashadi, kollagen miqdorini oshirib beradi. Naʼmatakni doimiy ravishda damlab ichish husnbuzarlardan xalos boʻlish va chandiqlar izini yoʻqotishga koʻmaklashadi.