NASA bir yil mobaynida Mars sharoitida yashaydigan koʻngillilarni izlamoqda

  • 11:16 / 14.08.2021
  • 502

NASA agentligi Marsdagi hayotni modellashtirish loyihasida ishtirok etish uchun nomzodlar saralashni boshladi. Missiya davomida bir nechta ishtirokchi Marsdagi sharoitlar yaratilgan “Mars Dune Alpha” majmuasida 12 oy davomida yashashi kerak.

Majmuada Marsga parvozni amalga oshiruvchi ilk odamlar toʻqnash keladigan sharoitlar aynan oʻxshash qilib ishlanadi. Majmua maydoni 160 kvadrat metrga teng boʻlib, ishlash, yashash, ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, aloqa, jismoniy mashgʻulotlar, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun kerakli uskunalar bilan taʼminlanadi.

NASA vakillarining aytishlaricha, imitatsion izolyatsiya hech qachon bunchalar haqqoniy boʻlmagan. Yangi loyihada kichik jihatlar ham obdon oʻylab chiqilgan, katta masofada aloqa signallarining uzilishi ehtimoli ham hisobga olingan.

Bu kabi missiyalar uch marta: 2022, 2024 va 2025-yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Mars sharoitida yashashga tayyor boʻlgan nomzodlar mutlaqo sogʻlom, ilmiy daraja yoki reaktiv samolyotlarni boshqarish tajribasiga ega boʻlishlari, 30 yoshdan kichik va 55 yoshdan katta boʻlmasliklari kerak.