“Nasaf”ning Hindiston klublariga qarshi statistikasi qanday?

  • 13:07 / 22.09.2021
  • 258

Bugun, “Nasaf” OFK kubogi Interzonal yarim final bahsida Hindiston vakili “Mohun Bagan”ga qarshi maydonga tushadi. Xo‘sh,“ajdarlar” ushbu mamlakat klublariga qarshi necha bor maydonga tushgan? Quyida shu haqda ma’lumot berib o‘tamiz. 

“Nasaf” xalqaro musobaqalarda Hindiston klublariga qarshi faqat ikki marotaba to‘qnash kelgan. 

2011-yilda “Nasaf” OFK kubogi g‘olibligini qo‘lga kiritgan. “Dempo”ga qarshi esa guruh bosqich uchrashuvlarida maydonga tushib, har ikkisida ham g‘alaba qozongan. 

“Nasaf”ning Hindiston jamoalariga qarshi statistikasi:

12.04.2011.  “Dempo” – “Nasaf” - 0:4

Gollar: Ilhom Yunusov (5), Lutfulla To‘rayev (12), Shuxrat Mirxoldirshoyev (73), Andrey Pereplyotkin (84)
“Nasaf”: Murod Zuhurov, Botir Qorayev, Boyan Malishich, Artyom Filiposyan, Maqsud Karimov, Lutfulla To‘rayev, Erkin Boydullayev (Asror Aliqulov,65), Ilhom Yunusov (Shuxrat Mirxoldirshoyev,60), Andrey Pereplyotkin, Artur Gevorkyan, Nosir Otaqo‘ziyev (Zafar Polvonov,76)

27.04.2011.   “Nasaf" - “Dempo” - 9:0

Gollar: Ivan Boshkovich (12, 45+2, 57,78), Andrey Pereplyotkin (26), Ilhom Shomurodov (28), Artur Gevorkyan (33, 65), Shuxrat Mirxoldirshoyev (83)
“Nasaf”: Murod Zuhurov, Asror Aliqulov, Boyan Malishich (Ahrol Risqullayev, 71), Maqsud Karimov, Jahongir Jiyamurodov, Lutfulla To‘rayev, Ilhom Yunusov (Shuxrat Mirxoldirshoyev, 46), Andrey Pereplyotkin (Mirzakamol Kamolov, 64), Ivan Boshkovich, Artur Gevorkyan,  Ilhom Shomurodov.