“National Geographic” Yerda beshinchi okean borligini rasman tan oldi

  • 14:45 / 10.06.2021
  • 579

AQSh Milliy geografiya jamiyati Yerda beshinchi okean mavjud ekanligini tan oldi. Bu haqida jamiyatning rasmiy saytida maʼlum qilingan.

Bu yerda gap Janubiy okean haqida bormoqda. Olimlar uni alohida okean deb tan olish masalasida uzoq yillar davomida mulohaza qilishgan. Avvallari Janubiy okean ilm-fan vakillari orasida Tinch, Atlantika va Hind okeanining davomi deb hisoblangan. Biroq, mutaxassislar Antarktida suvi oʻziga xos xususiyatlarga ega degan qarorga kelishgan. Bu esa uning alohida okean sifatida tan olinishiga asos boʻlgan.

“Olimlar Janubiy okeanning mavjud ekanligini allaqachon bilishgan, ammo xalqaro kelishuv boʻlmagani tufayli uni rasman tan olishmagan”, dedi geograf Aleks Teyt.

Janubiy okean Antarktidani yuvib oʻtuvchi, qitʼaning qirgʻoq chizigʻidan 60° janubiy kenglikkacha choʻzilgan yerlardagi suvlarni oʻz ichiga oladi.