Navoiy viloyatidagi zavodlardan birida katta yong‘in sodir bo‘ldi

  • 18:10 / 08.06.2021
  • 81

Bugun, ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatidagi zavodlardan birida yong‘in sodir bo‘lgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan FVB rasmiy ma’umot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in shu yilning 7-iyun kuni soat 15:52da Karmana tumani, “Bog‘ishamol” MFY hududidagi “Zarafshon Golden Groop” MChJga qarashli ohak ishlab chiqarish sexida texnologik jarayonning buzilishi natijasida  kelib chiqqan. 

Ta’kidlanishicha, ushbu hodisa oqibatida korxonaning bir nafar xodimi voqea joyida halok bo‘lgan.  Yong‘in joyida bo‘lgan bir nafar FVV xodimi kuyish tan jarohati bilan RSHTYOIM Navoiy viloyati filialiga yotqizilgan.