Navoiyda mashina gaz balonining portlashi oqibatida 4 kishi jabr ko‘rdi

  • 22:16 / 12.08.2021
  • 272

Bugun, 12-avgust kuni soat 19:16 da Navoiy shahri Kimyogarlar ko‘chasida joylashgan, propan gaz quyish shaxobchasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yong‘in joyiga 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Birinchi yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 19:18 da voqea joyiga yetib borib, soat 19:45 da yong‘in qurshab olingan va soat 19:53 da yong‘in batamom o‘chirilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in kelib chiqish sababi “ZIL-130” rusumli “propan” yoqilg‘i tashish  avtomobili o‘zidagi suyultirilgan gazni to‘kish vaqtida chaqnash sodir bo‘lgan. Natijada yuk avtomobiliga foydalanish uchun o‘rnatilgan gaz baloni yorilishi natijasida, yong‘in kelib chiqqan. “ZIL-130” rusumli suyultirilgan yoqilg‘i tashish avtomobiliga o‘rnatilgan sig‘imga zarar yetmagan. 

Ushbu hodisa oqibatida shaxobcha yaqinidan harakatlanib ketayotgan “Moskvich-412” rusumli avtomashina haydovchisi va 3 nafar yo‘lovchisi turli darajada kuyish tan jarohatini olgan, halok bo‘lganlar yo‘q.