Navoiyda qoidabuzarlikni tasvirga olib “GAI“ga yuboradigan shaxslar kaltaklandi

  • 09:56 / 30.06.2021
  • 100

Ijtimoiy tarmoqlarda qoidabuzarlikni tasvirga olib “GAI“ga yuborgan shaxslarni fuqarolar ushlab olishgani va uning avtomobiliga zarar yetkazishgani aks ettirilgan video tarqadi. Holat yuzasidan YHXBB axborot xizmati rasmiy izoh berdi

Xabarda qayd etilishicha, voqea joriy yilning 29-iyun kuni Navoiy viloyati, Xatirchi tumani markazida yuz bergan. Unga koʻra, yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi bir necha shaxslar ushbu tumanda yashovchi fuqarolar Sh.A. va S.O.larni qoidabuzarlikni tasvirga olganlikda gumon qilib, telefon apparatlarini tortib olgan va jabrlanishuvchilar boshqaruvidagi “Spark” rusumli transport vositasiga texnik shikast yetkazishgan.

Ushbu holatdan soʻng, barcha shaxslar ushlanib, Xatirchi tuman IIB binosiga olib borilgan. Hozirda holat yuzasidan qoʻshimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Teglar