Navoiyda YPX inspektori xizmat paytida nos chekkani uchun ogohlantirildi

  • 12:14 / 14.06.2021
  • 209

Ijtimoiy tarmoqda “Xizmat vazifasini bajarish paytida nos chekish mumkinmi?” sarlavhasi ostida video tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyat IIB axborot xizmatining bergan izohiga ko‘ra, shu yilning 10-iyun kuni soat taxminan 17:00larda Karmana tumanidagi Navoiy IES AJ chorrahasida Navoiy viloyati IIB YHXB YPX inspektori safdor Z.Ahmedovning yoniga noma’lum fuqaro kelib, nima sababdan xizmat paytida nos chekib turganligini so‘ragan. 

Ta’kidlanishicha, xodim mazkur fuqaroni to‘xtatmagan va unga murojaat qilmagan. Fuqaro xodim bilan bo‘lgan holatni video tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborgan.

Shunga qaramay, mas’ullar inspektor bilan suhbat o‘tkazib, O‘zbekiston Respublikasi IIVning “Odob axloq qoidalari” tegishli bandlari talablari tushuntirilgan.