Navoiyning 4 ta tumanida davlat bog‘chalari bepul xizmat ko‘rsatadi

  • 13:22 / 13.10.2021
  • 105

Kelgusida Navoiy viloyatining Xatirchi, Nurota, Navbahor va Konimex tumanlarida mobil bog‘chalar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, maktabgacha ta’lim xizmati bepul amalga oshiriladi. Bu haqda O‘zbekistonning amaldagi Prezidenti navoiylik saylovchilar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qildi. 

Uchrashuvda shuningdek, Gʻozg‘on shahri, Tomdi, Uchquduq, Konimex va Nurota tumanlari uchun bog‘cha to‘lovi 2 baravarga kamaytirilishi ham aytib o‘tilgan. Natijada, viloyat bo‘yicha maktabgacha ta’lim qamrovi 95 foizga yetkazilishi ta’kidlangan.

–  Shuningdek, kelgusi besh yilda viloyatda 8 ta yangi maktab qurish, 62 tasini ta’mirlash hisobiga maktablar quvvati 22 ming o‘quvchi o‘rniga oshirilib, 182 mingga yetkaziladi.
Umuman olganda, kelgusi besh yilda Navoiy viloyatini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish uchun davlat hisobidan 40 trillion so‘m ajratiladi va jami 180 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi, – dedi Mirziyoyev saylovchilar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda.