Niderlandiyalik afsonaviy murabbiy faoliyatini yakunladi

  • 09:17 / 10.09.2021
  • 98

Niderlandiyalik mutaxassis Gus Xiddink faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi, deya xabar bermoqda Voetball International nashri. 

74 yoshli murabbiy 2020-yilda Kyurasao milliy terma jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan edi. Biroq Xiddink murabiylik faoliyatini tugatganini aytib o‘tdi. 

“So‘nggi vaqtlarda koronavirus sabab faoliyat olib bormadim. Kecha klub rahbariyati bilan gaplashdim va dam olishga qaror qildim.

– Buni qanday tushunish mumkin? Balki bir muddat dam olmoqchidirsiz?

– Yo‘q, men murabbiylik faoliyatimni tugatdim",- deydi Gus Xiddink.

Eslatib o‘tamiz, Xiddink murabbiylik faoliyati davomida “Valensiya”, “Chelsi”, “Real”, “Anji” hamda Turkiya, Rossiya, Janubiy Koreya, Niderlandiya singari terma jamoalarda faoliyat ko‘rsatgan.