Nobel mukofoti sovrindoriga O‘zbekistonda faxriy doktorlik unvoni berildi

  • 11:18 / 21.09.2021
  • 135

Joriy yilning 20-sentyabr kuni “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universitetida Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti laureati, AQSH Milliy fanlar akademiyasi a’zosi, taniqli turk va amerikalik biokimyochi Aziz Sanjarga universitetning faxriy doktori unvoni taqdim etilishining tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Taqdirlash marosimini O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri, “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti rektori Aziz Abduhakimov ochib berdi va o‘zining tabrik so‘zida universitetning faxriy professorlari orasida Aziz Sanjar kabi taniqli shaxsni ko‘rish katta sharaf ekanligini ta’kidlab o‘tdi. 

Shundan so‘ng Universitet majlislar zalida “Turk dunyosida bilim va milliy tiklanish” mavzusida mehmonning ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi va professor talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berdi. 

Ta’kidlash joiz, 2018-yil oktyabr oyida turli uchrashuvlar o‘tkazish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan Aziz Sanjarga  turli oliy o‘quv yurtlari tomonidan faxriy doktorlik unvonlari berilgan edi.