Nokia yangi smartfonlarini taqdim etish arafasida

  • 17:36 / 24.05.2021
  • 151

Nokia ixlosmandlari uchun xushxabar: Nokia’ning katta hajmdagi akkumulyatorga ega bo‘ladigan yangi  C20 Plus hamda C30 modellari tez orada taqdim etiladi.

HMD Global xabariga ko‘ra, yaqinda Nokia katta sig‘imli akkumulyatorlar bilan jihozlangan yangi modellarini namoyish qiladi. Ikkala telefon Android Go Edititon operatsion tizimida ishlaydi. 

Ma’lumotlarga qaraganda, Nokia C30 smartfonning quvvati 6000 mAs tashkil etadi. Smartfon ikkita kamera hamda barmoq izi skaneri bilan jihozlanadi. Yangi modelning narxi 100 yevrodan oshmasligi aytilmoqda. 

Nokia’ning ikkinchi taqdim etiladigan C20 Plus modeli esa 5000 mAs akkumulyatorga ega bo‘ladi. U ham C20 kabi ikkita kameraga ega bo‘ladi, ammo uning “arsenal”ida barmoq izi skaneri bo‘lmaydi. 

Nokia yangi smartfonlarini qachon taqdim etishi noma’lum. Aytishlaricha, smartfonlar yozgi ta’til paytida omma e’tiboriga havola etiladi.