Noto‘g‘ri “parkovka” uchun jarimani kamaytirish haqidagi qonun Senatdan o‘tdi

  • 10:55 / 29.04.2021
  • 155

Senat ma’qullagan qonunga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-6-moddasidagi (transport vositalari haydovchilari tomonidan to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzganlik) jarima miqdori BHMning 3 baravaridan (735 ming so‘m) 2 baravariga (490 ming so‘m) qisqarmoqda.

Shuningdek, takroran sodir etilgan ta’qiqlangan joyda to‘xtaganlik uchun oshib boruvchi miqdordagi jarima solish tartibi ham bekor qilinmoqda. 

Endilikda bir yilda necha marta qoida buzilganidan qat’i nazar har safar bir xil - BHMning 2 baravari (490 ming so‘m) miqdorida jarima to‘lanadi. Ya’ni ilgari bir marta jarima qo‘llangandan keyin 1 yil ichida yana takroran sodir etilsa 3 mln 675 ming so‘mgacha jarima solinar edi.

Qonun Prezident tomonidan imzolanib, e’lon qilingach kuchga kiradi.