Nukusda o‘tkazilgan festivaldan keyin ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi

  • 18:08 / 12.06.2021
  • 443

Joriy yil 10-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida o‘tkazilgan festivaldan so‘ng, ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi va ijtimoiy tarmoqlarda ushbu janjalning videotasvirlari keng tarqaldi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ushbu videolar bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, hozirgi vaqtda Nukus shahri Ichki ishlar organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

"Surishtiruv jarayonida mushtlashuvda qatnashgan har bir ishtirokchining kim ekanligi aniqlanib, ularning harakatlariga huquqiy baho beriladi”, deyiladi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xabarida.