Nyu-Yorkda politsiyachilar zo‘ravonligiga qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazilmoqda 

  • 12:38 / 17.04.2021
  • 122

Nyu-York shahrida politsiyachilar zo‘ravonligiga qarshi kichik va tarqoq namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Bir necha o‘n kishidan iborat bo‘lgan guruhlar ko‘chalar bo‘ylab harakatlanishyapti, politsiya xodimlari esa ularni kuzatib turishibdi, xolos. 

Namoyishchilar BLM ("Qora tanlilar hayoti ahamiyatga ega") shiorlarini baralla aytishmoqda. Ularning maqsadlari shaharning xavfsizlik xodimlarini moliyalashtirish jarayonini to‘xtatishdir. 

Norozilik namoyishlariga Dante Rayt ismli afroamerikalikning o‘limi sabab bo‘lgan. 26 yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan Kim Potter ismli politsiyachi Raytni tasodifan otib qo‘ygan. U to‘pponchani elektroshoker bilan adashtirib yuborgani aytilmoqda.