Nyu-Yorkga qatnovlar sonining ortishi kutilmoqda

  • 18:21 / 12.06.2021
  • 1225

Joriy yilning 3-avgustidan boshlab “Uzbekistan Airways” AJ Toshkent - Nyu-York - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha parvozlarni amalga oshiradi. Bu haqda aviakompaniya Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, haftasiga umumiy hisobda uchta muntazam aviaqatnov: seshanba, payshanba va yakshanba kunlari bajariladi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.