OChL: Masharipov jamoasi chorak finalda

  • 11:24 / 15.09.2021
  • 54

Kecha Osiyo Chempionlar ligasi nimchorak final bahslari bo‘lib o‘tdi. Hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov to‘p surayotgan Saudiya Arabistonining "An Nassr" jamoasi Osiyo Chempionlar Ligasi 1/8 finalida "Traktorsozi" bilan bahs olib bordi.
Ushbu o‘yinda "An Nassr" kichik hisobda yengib, chorak finalga yo‘l oldi. Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Jaloliddin Masharipov boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi. 

OChL. 1/8 final

"An Nassr" (Saudiya Arabistoni) – "Traktorsozi" (Eron) - 1:0
Gol: Vensan Abubakar 11'

Yana bir hamyurtimiz to‘p surayotgan BAAning “Sharja” jamoasi o‘z maydonida vatandoshlari – “Al Vahda” klubini qabul qildi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlanib, o‘yin penaltilar seriyasigacha bordi. Penaltilar seriyasida 5:4 hisobida "Al Vahda" jamoasi g‘alaba qozondi.  O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Otabek Shukurov dastlabki daqiqalardan to o‘yin yakunlangunga qadar maydonda harakatlandi. Qayd etish joizki, Otabek Shukurov penaltilar seriyasida 4-zarbani berib, gol urishga erishgandi. Biroq, jamoaning boshqa a’zolari 11 metrlik nuqtada adashishdi.

"Sharja" (BAA) - "Al Vahda" (BAA) 1:1. Penaltilar seriyasi: 4:5
Gollar: 56' Omar Xarbin, 58' Bernard

"Istiqlol" (Tojikiston) - "Persepolis" (Eron) 0:1 
Gol: Mexdi Torabi 90+1'

“Istiqlol” (Eron) – “Al Hilol” (Saudiya Arabistoni) – 0:2

“Nagoya Grampus” (Yaponiya) – “Tegu” (Janubiy Koreya) – 4:2

“Ulsan Xyonde” (Janubiy Koreya) – “Kavasaki Frontale” (Yaponiya) – 0:0. Penaltilar seriyasi: 3:2.

Shu tariqa Saudiya Arabistonining 2 jamoasi – “An Nassr” va “Al Hilol”, BAAning “Al Vahda”, Eronning “Persepolis”, Yaponiyaning “Nagoya Grampus” va Janubiy Koreyaning “Ulsan Xyonde” klublari chorak finalga yo‘l oldilar. 
Bugun nimchorak finalning so‘nggi 2 uchrashuvi bo‘lib o‘tadi:

13:30    “Chonbuk Xyonde Motors” (Janubiy Koreya) – “BG Patxum Yunayted” (Tailand)    UZREPORT TV
14:00   “Sereso Osaka” (Yaponiya) – “Poxang Stilerz” (Janubiy Koreya) FUTBOL TV