O‘FA Tartib intizom qo‘mitasi qator futbolchi va murabbiylarga nisbatan chora ko‘rdi

  • 09:54 / 25.05.2021
  • 192

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda, bir necha futbolchi va rasmiylarga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanildi.

Jumladan “Dinamo” jamoasi murabbiylari Jasur Xamroyev va Dilshod Sharofitdinovlar “Dinamo plyus”– “Neftchi” uchrashuv yakunidan so‘ng bosh hakamni haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun 2 ta o’yinga chetlatish va jarima intizomiy chorasi qo’llanildi.

Bundan tashqari, “Bunyodkor” jamoasi bosh murabbiyi Shuxrat Maqsudov va uning yordamchisi Marat Miftaxudinovlar “Nasaf” – “Bunyodkor” uchrashuvida hakamning qaroriga o‘z noroziligini qo‘pol tarzda bildirib, hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun ularga nisbatan jarima chorasi qo‘llanildi.

O‘zPFL tomonidan taqdim qilingan akkreditatsiyani o‘z manfaatida begona shaxsga bergani va uni texnik zonaga kiritgani uchun “Aral Samali” jamoasi bosh murabbiyi Timur Turdiyev tegishli tartibda jarimaga tortildi.

Shuningdek, O‘zbekiston “U18” hamda “U21” birinchiliklari va O‘zbekiston Futzal Oliy ligasida top surayotgan qator futbolchi va bosh murabbiylar uchrashuvlaridagi “mayda bezoriliklari” uchun jarimaga tortilish hamda bir nechta o‘yindan chetlattirish kabi jazolar bilan “siylandi”.