OFK kubogi. “Nasaf” 6 ta gol urib, yarim finalga yo‘l oldi

  • 22:21 / 22.09.2021
  • 91

OFK kubogi-2021 Inter Zonal yarim finali doirasidan oʻrin olgan “Nasaf” — “Mohun Bagan” uchrashuvi yakunlandi.

Qarshida boʻlib oʻtgan uchrashuvda “Nasaf” raqib darvozasiga javobsiz oltita toʻp yoʻlladi. Dastlab 4-daqiqada Suxrob Nurulloyev tezkor gol bilan qarshilik futbolchilarni hisobda oldinga olib chiqdi. 

17,20 va 30-daqiqalarda esa Husayn Norchayev ketma-ket uch bor “Mohun Bagan” darvozasiga toʻp yoʻllab, hisobni 4:0 boʻlishini taʼminladi. 42-daqiqada esa Oybek Bozorov belgilangan penaltini golga aylantira olmadi. Shunday boʻlsa-da, Bozorov 45+1-daqiqada gol urib, hisobni yanada yiriklashtirdi, — 5:0.

Tanaffusdan keyin Roʻziqul Berdiyev tarkibda bir qator oʻzgarishlarni amalga oshirdi. Natijada, 72-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Doniyor Narzullayev chiroyli tarzda “Mohun Bagan” darvozasini nishona olib, hisobni 6:0 koʻrinishini taʼminladi.

Shu tariqa, “Nasaf” mazkur uchrashuvni 6:0 hisobida yakunladi hamda yarim final ostonasiga yoʻllanma oldi. Endi qarshilik futbolchilar 20-oktyabr sanasida Gonkong vakili “Le Man”ga qarshi maydonga tushadi.

OFK kubogi-2021

Hududlararo yarim final

“Nasaf” (Oʻzbekiston) – “Mohun Bagan” (Hindiston) 6:0 (TUGADI)

Bosh hakam: Hanna Hattab (Suriya).

Gollar: Suhrob Nurulloyev 4, 1:0, Husayn Norchayev 17, 2:0, Husayn Norchayev 20, 3:0, Husayn Norchayev 30, 4:0, Oybek Bozorov 45+1, 5:0, Doniyor Narzullayev 72, 6:0

“Nasaf”: 1. Umidjon Ergashev, 4. Husniddin Aliqulov, 8. Dilshod Saitov, 10. Bahrom Abdurahimov ( 50. Shohmalik Komilov, 60), 19. Husayn Norchayev ( 99. Andriya Kaluderovich, 46), 20. Suhrob Nurulloyev (7. Doniyorjon Narzullayev, 60), 22. Akmal Mozgovoy, 34. Sherzod Nasrullayev, 77. Oybek Bozorov (28. Sardor Saʼdullayev, 75), 88. Marko Stanoyevich, 92. Umarbek Eshmurodov ( 5. Gʻolib Gʻaybullayev, 75)