Ogʻriq qoldiruvchi dorilar kimlar uchun xavfli?

  • 17:04 / 27.07.2021
  • 211

Ogʻriq qoldiruvchi dori vositalarining ayrimlarini ichishda imkon qadar ehtiyotkor boʻlish tavsiya etiladi. Bu haqida shifokor Aleksandr Myasnikov maʼlum qildi.

“Biz bosh ogʻrigʻi, artrit, artroz, beldagi, yelkadagi ogʻriqlarga qarshi ichadigan dorilar gipertoniya, infarkt, insult, baʼzan esa yurak-qontomir kasalliklarining kuchayib ketishiga olib kelishi mumkin”, deydi shifokor.

Mutaxassis 60 yoshdan oshgan odamlar oʻta kuchli ogʻriq qoldiruvchi vositalarni qabul qilishda mutaxassis bilan maslahatlashishlari shart ekanligini taʼkidladi.

Yurak-qontomir kasalliklaridan aziyat chekuvchi insonlar ogʻriq qoldiruvchi vositalarning nisbatan kuchsiz boʻlganlarini qabul qilganlari maʼqul. Ammo, ularni ham ichishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.