Oksana Chusovitina va Bahodir Jalolovning sport mahorati maktabini tashkil etish boʻyicha topshiriq berildi

  • 17:59 / 13.08.2021
  • 246

Shavkat Mirziyoyev Olimpiya oʻyinlari ishtirokchilari, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashdi.

Bugun, 13-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibida Tokio shahridagi yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Tantanali tadbirda davlat rahbari bir qancha sportchilarning Olimpiadadagi ishtirokiga alohida toʻxtalib oʻtdi. Xususan, yurtboshimiz Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etish huquqini uzluksiz va ketma-ket sakkiz marta qoʻlga kiritib, jahon sportida haqiqatdan betakrorlik namoyish etgan holda, Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan Oksana Chusovitina hamda Olimpiada chempioniga aylanib, bir necha yil avval bergan vaʼdasining ustidan chiqqan Bahodir Jalolov va sportchining ota-onasi va murabbiylariga minnatdorchilik bildirdi.

Shundan soʻng, Vazirlar Mahkamasiga Oksana Chusovitina va Bahodir Jalolovning sport mahorati maktabini tashkil etish va ularning faoliyati uchun barcha zarur sharoitlar yaratishga topshiriq berildi.