Oktyabrda bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovi uchun Xarajatlar smetasi tasdiqlandi

  • 11:05 / 16.06.2021
  • 194

Joriy yilda bo‘lib o‘tadigan Prezident sayloviga jami 300 mlrd. so‘m ajratiladi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi Matbut xizmati ma’lum qildi.

Xabar qilinishicha, MSK oktyabrdagi Prezident saylovi Xarajatlar smetasini 300 mlrd. so‘m etib tasdiqlagan.

Bunda har bir siyosiy partiyalar ko‘rsatgan nomzodlarning tashviqot va targ‘iboti ishlarini olib borishlari uchun 15 mlrd. 486 mln. so‘m, har bir nomzodga esa 3 mlrd. 97 mln. so‘mdan ajratiladi. 

Shuningdek, saylov jarayonida koronavirusga qarshi kurash masalalari ham e’tiborga olinib, ushbu maqsad uchun 11,5 mlrd. so‘m sarflash rejalashtirilgan.

Saylov uchun ajratilgan mablag‘larning aniq va manzilli sarflanishi nazorat qilib borilishi va saylov yakunida iqtisod qilingan mablag‘lar davlat byudjetiga qaytariladi.

Eslatib o‘tamiz, Saylov kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.