Oʻlimidan keyin ham pul ishlashda davom etayotgan marhum yulduzlar

  • 15:00 / 24.09.2021
  • 331

Qobiliyatli yulduzlar oʻz iqtidorlari ortidan nafaqat oʻzlari, balki farzandlari uchun ham farovon hayotni taʼminlab berishadi. Ammo, ular orasida shunday yulduzlar ham borki, ular allaqachon vafot etgan boʻlishlariga qaramay, haligacha pul ishlashda davom etmoqdalar. Ishonmaysizmi?

Maykl Jekson

Xonanda, raqqos, aktyor – Maykl Jekson hayotlik yillarida 15 marta Ginnessning rekordlar kitobiga kirgan, 15 marta “Gremmi” mukofotini olgan, pop musiqasining qiroli deb taʼriflangan. “Forbes” jurnali bergan maʼlumotlarga koʻra, Jekson 2017-yilda 75 million AQSh dollari miqdorida “pul ishlagan”. Daromadning bir qismi EMI musiqiy katalogi, yana bir qismi “Cirque du Soleil” tomonidan Las-Vegas shousida ishlatilgan qoʻshiq ortidan kelgan.

Elvis Presli

“Forbes” jurnali maʼlumotlariga koʻra, Elvis Presli har yili 30 million dollardan “daromad oladi”. Uning daromadiga marhum sanʼatkorning oila aʼzolari egalik qiladilar. Marhum ijodkorning ismiyoq uning oila aʼzolariga pul olib keladi. Odamlar uning Memfisdagi uyini borib koʻrish uchun juda katta pul toʻlashadi. Bundan 40 yil avval vafot etgan ijodkor uchun bir yilda 30 million dollar ishlab topish yomon natija emas.

Bob Marli

Bob Marlining merosxoʻrlari “Marley Beverage Co.” kompaniyasi va “House of Marley” quloqchinlar brendiga asos solishgan. Bundan tashqari, ijodkorning muxlislari bugungi kunga qadar uning albomlarini izlab topib, sotib olishadi. Bob Marli ismi har yili 23 million dollar “pul ishlab topadi”.

Jon Lennon

Oxirgi 25 yil ichida AQShda britaniyalik guruhning 65 millionta albomi sotilgan. “The Veatles” yulduzi Jon Lennon bugungi kunga kelib ham har yili 12 million dollardan “daromad oladi”.

Elizabet Teylor

Amerikalik sohibjamol aktrisa ismi bilan atalgan va uning nomidan ishlab chiqariladigan “White Diamonds” atirining ifori dunyo goʻzallarini oʻziga rom etgan. Marhum aktrisaning ismi har yili uning avlodlariga 8 million dollar pul olib keladi.