Olimlar odamlarni yaqinlashib kelayotgan halokatdan ogohlantirdilar

  • 16:47 / 28.05.2021
  • 238

AQShlik olimlar odamlarni Antarktidadagi muzliklarning erishi Nyu-York, Shanxay kabi sohil boʻyida joylashgan shaharlarning yoʻq boʻlib ketishiga olib kelishidan ogohlantirmoqdalar.

Yer sayyorasidagi harorat ko‘rsatkichlarining oʻsishi hisobiga Arktika muzliklari tobora shiddat bilan erimoqda. Bu esa oʻz navbatida odamlarning hayotiga taʼsir qiladi. Antarktida ham kelgusida insoniyat uchun katta xavf-xatar tugʻdirishi ehtimoli bor. Global isish oqibatida hududdagi muzliklar eriydigan boʻlsa, dunyo okeani sathi 60 metrgacha koʻtarilishi mumkin.

“Biz buning ilk belgilarini koʻrib turibmiz”, deydi olimlar.

Tadqiqotlar natijasida muzliklar erishi jarayoni bir necha oʻn yildan keyin nazorat ostidan chiqib ketishi aniqlangan.

Olimlarning fikricha, endilikda zararli gazlar va texnologik jarayon shiddatini qisqartirish ham halokatning oldini ololmaydi.